18 jan 13:18
Yangiliklar
Boks bo'yicha O'zbekiston chempionatida 10 nafar xorijlik hakam ishlayapti + FOTO
Bugundan mamlakat birinchiligida 1/4 final bahslariga start berildi. O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan janglarning adolatli, shaffof o'tishini taminlash maqsadida xorijdan hakamlarni taklif etish yo'lga qo'yilgan edi. Bu yilgi chempionatda ham ushbu anana davom etdi va 9 nafar hakam hamda bir nazoratchi (supervayzer) ushbu bosqichdan ishga kirishdi.
Nazoratchi:
Sima Viorel Emil (Ruminiya)
Hakamlar:
Rami Adnan Sabri (Iordaniya)
Batsukx Boldbat (Mo'g'uliston)
Pastor Arreaga Emerson Alexandro (Gvatemala)
Mufassir Said (Marokash)
Picarro Valdes Xulio Anxel (Puerto-Riko)
Suilmi Muxsin (Marokash)
Masiyambumbi Stiven (Zimbabve)
Morales Xaver Mariya Del Pilar (Meksika)
Babai SHandor (Vengriya)




O'zbekiston havaskor boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar