05 apr 16:38
Yangiliklar
Boks bo'yicha O'zbekiston chempioni Qozog'iston terma jamoasi safida debyut qildi
Turnirning ilk bosqichida 65 kilogrammgacha vazn toifasidagi Sayat Ilyasov turkiyalik Aykol Mizanga qarshi jang qilib, hakamlarning yakdil qarori (5:0) bilan g'alaba qozondi. CHorak finalda u qirg'izistonlik Omar Livazani 4:1 hisobida mag'lub etdi. Bugun musobaqa yarim finalida Sayat o'zining o'zbekistonlik sobiq jamoadoshi Ilhomjon Ergashevga qarshi ringga chiqadi.
Ilyasov — etnik qozoq bo'lib, avval O'zbekiston sharafini himoya qilgan. U terma jamoamiz safida 22 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida Osiyo chempioniga aylangan, 2025 yilgi IBA jahon chempionatida ishtirok etgan. 2026 yil boshida rasman sport fuqaroligini o'zgartirgan Ilyasov hozirda Mang'istau viloyati va Qozog'iston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Fikrlar