So’nggi yangiliklar

18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0

10 apr 20:25
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks bo'yicha O'zbekiston chempionlari malum bo'ldi

Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati poyoniga etdi.

Xorazmda tashkil etilgan musobaqada 300 nafarga yaqin yosh bokschi 15 ta vazn toifasida ringga ko'tarilib, mamlakatimizning eng sara yosh “charm qo'lqop” ustalari aniqlandi. CHunonchi, 10 aprel kuni chempionatning oxirgi janglari bo'lib o'tdi.

Tadbirning yopilish marosimi har galgidek, bayramona tarzda nishonlandi. Taqdirlash marosimida Xorazm viloyati hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O'zbekiston va Xorazm viloyati boks federaciyalari, shuningdek, yurtimiz boksining taniqli vakillari, faxriy mehmonlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

G'oliblar safidan Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Xorazm, Namangan, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri, ROZK va “Dinamo” jamoalarining sportchilari joy olishdi. G'olib va sovrindorlarga tantanali tarzda oltin, kumush va bronza medallari, diplom va sovg'alar topshirildi.

 

Musobaqa g'olibi, Xorazm viloyati terma jamoasi azosi Anvar Boltaboev shunday dedi: –“Yoshigimdan boksga qiziqaman. To'rt yildirki, sportning ushbu turi bilan shug'ullanaman. Hozirda Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internatining 8-sinfida tahsil olyapman. Mamlakatimiz chempionatida ikkinchi marta qatnashishim. Oldingi safar omadim chopmagandi. Bu meni yanada jiddiyroq shug'ullanishga undadi. Harakatlarim besamar qolmadi. O'zbekiston chempioni nomiga sazovor bo'ldim. Bundan juda xursandman. Fursatdan foydalanib, musobaqa tashkilotchilariga samimiy minnatdorlik bildiraman.”

 Boks bo'yicha 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida 1-o'rinni qo'lga kiritgan sportchilar:

 42 kg. Hasan O'rozaliev (Jizzax)

44 kg. Ibrohim Ishchonov (Xorazm)

46 kg. Ro'ziboy Mirzajonov (Andijon)

48 kg. Qobiljon Abdurahimov (Namangan)

50 kg. Anvar Boltaboev (Xorazm)

52 kg. Davron Rahmonov (ROZK)

54 kg. Fozilbek Abduhamidov (“Dinamo”)

57 kg. Murodjon Qudratov (Jizzax)

60 kg. Temirxan Maqsetboev (Qoraqalpog'iston)

63 kg. Azizbek Tojiev (Qashqadaryo)

66 kg. Abdulaziz Rasulov (Andijon)

70 kg. Login Petrov (Navoiy)

75 kg. Sarvarbek Sobirov (Toshkent viloyati)

80 kg. Abdullajon Almamatov (Toshkent shahri)

+80 kg.Jahongir Zokirov (Jizzax)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing