So’nggi yangiliklar

18:23"Кейинги сафар ўзим каби бўламан". Двалишвили Янга қарши реваншдаги хатосини айтди 0 18:02Диллиан Уайт Фьюри — Махмудов жангига тахмин берди 0 17:41"Бавария”, "Ливерпуль” ва "Арсенал" Гордон учун даъвогарлик қилмоқда 0 17:20Тимофеева Руандаги иштирокини ғалаба билан бошлади 0 16:59Илия Топурия: "Махачев билан жанг барибир бўлади. Бунга умид қиламан" 0 16:38Дана Уайт: "Биз бу жангда хавфсизлик чораларини кучайтиримиз — беҳазил" 0 16:17“Монако” "Барселона"дан Фатини харид қилмоқчи 0 15:56Полина Кудерметова финал остонасида уч сетлик учрашув ўтказди 0 15:35Тайсон Фьюри: "Отам олти йил олдин мен фаолиятимни тугатишимни истаган" 0 15:14Илия Топурия нега ижтимоий тармоқларда ММА рекордини ўзгартириб кўрсатишини тушунтирди 0 14:53Мексика президенти Эрон ўйинларининг кўчирилиши бўйича ФИФАнинг якуний қарори ҳақида гапирди 0 14:32Осиё чемпионати финалида боксчимизни мағлуб этган Нурбек Оралбай ўз фикрини билдирди 0 14:11Царукян Оливейра билан реванш ўтказмоқчи: "Унга BMF камари тўғри келмайди" 0 13:50Тайсон Фьюри: "Агар шундай бўлса, жамоамдагиларга мени "отиб ташланглар" дедим" 0 13:29"Реал" дарвозабони Куртуа жароҳатдан кейин қачон сафга қайтиши маълум 0

28 noy 13:57
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Go'zal Ismatova: Maqsadim – jahon va olimpiada chempioni bo'lish

Teglar :  BoksGo'zal Ismatova
Go'zal joriy yilning 2-8 noyabr kunlari Vetnamning Xoshimin shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy oldi.

Mamlakatimizda sportni yanada rivojlantirishga qaratilayotgan etibor samarasida zamonaviy sport majmualari, bolalar va o'smirlar sport maktablari foydalanishga topshirilayotir, o'g'il-qizlarimiz sog'lom va barkamol bo'lib kamol topib, nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqda.

Ana shunday sportchilardan biri – Go'zal Ismatovadir. U 1996 yil Jizzax viloyati, Zomin tumanida tug'ilgan. O'n besh yoshidan tajribali murabbiy G'ayrat Karimovdan boks sirlarini o'rganib kelmoqda.



– Go'zalni ilk marotaba ko'rganimda Jizzax olimpiya zaxiralari kollejining ikkinchi kursida o'qib, sportning basketbol turi bilan muntazam shug'ullanar edi, – deydi murabbiy G'.Karimov. – Uning bo'y-basti, chaqqonligi va intilishini ko'rib, undan yaxshi bokschi chiqishiga amin bo'ldik. SHundan so'ng uni mashg'ulotlarga taklif qildik. 

O'ziga bo'lgan ishonchning kuchliligi, aniq maqsad sari qatiy intilishi tufayli Go'zal qisqa muddatda viloyatning boks bo'yicha mohir sportchilari qatoridan o'rin oldi. U mashg'ulotlarda toblandi. Ilk muvaffaqiyatiga 2013 yil Andijonda o'tgan "Oltin vodiy" xalqaro turnirida erishdi. Finalga qadar barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, kumush medalni qo'lga kiritdi va O'zbekiston terma jamoasi azoligiga qabul qilindi. Bugunga qadar olti marta mamlakat chempionati va bir marta O'zbekiston kubogi musobaqasida g'alaba qozondi.



Istedodli bokschimiz 2015 yil Xitoyda o'tkazilgan Osiyo chempionatida shohsupaning ikkinchi pog'onasidan joy egalladi.

– O'shanda birinchi marotaba xalqaro musobaqada qatnashgandim, – deydi Go'zal. – Osiyo chempionatining yarim final jangida qozog'istonlik Lazzat Kungenbaevani texnik nokautga uchratdim. Afsuski, finalda xitoylik Vang SHijin bilan o'tgan bahsda biroz tajribasizligim pand berdi. Men o'z oldimga keyingi safar albatta oltin medalni qo'lga kiritaman, deb maqsad qo'ygandim.

Vetnamda o'tkazilgan bu yilgi qita chempionatida u o'z maqsadiga erishdi. Lochin Qo'chqorov boshchiligidagi terma jamoa safida nufuzli musobaqaning oltin medaliga sazovor bo'ldi. 81 kilogrammdan og'ir vazn toifasidagi charm qo'lqop ustalari o'rtasidagi bahslarda hindistonlik Sima Puniya va mezbon bokschi Ti Tran Ni ustidan g'alaba qozonib, Osiyo chempioni bo'ldi. G'olib sportchimiz sharafiga Vatanimiz bayrog'i ko'tarilib, davlatimiz madhiyasi yangradi.

– Maqsadim – jahon va Olimpiada chempioni bo'lish, – deydi Go'zal. – Buning uchun mamlakatimizda biz, sportchilarga barcha sharoit yaratilgan. Bor kuch-g'ayratimni ana shu maqsad sari yo'naltirishga harakat qilaman.

Go'zal hozirda Jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat fakultetining 4-kurs talabasi. Uning yutuqlari bilan bugun millionlab sport muxlislari g'ururlanmoqda.


Javohir Toshxo'jaev, Muhammad Amin (surat), O'zA

Reyting: +2   

Fikrlar

   
28 noy 19:27:51
Botir
Biz ham unga muvaffaqqiyat tilaymiz. Jizzaxdan chempion olimpiada chiqdi deb faxrlanib yuraylik
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing