27 fev 10:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi licenzion musobaqaga yo'l oldi
Xabar berib o'tganimizdek, 3-11 mart kunlari Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo'yicha Osiyo/Okeaniya mintaqasi bokschilari uchun licenzion musobaqa tashkil etiladi.
Yigitlarimiz ayni paytda Iordaniyaning o'zida licenzion musobaqaga tayyorgarlik ko'rishmoqda.
Bugun O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham ushbu musobaqada ishtirok etish uchun Amman shahriga yo'l oldi.
Terma jamoamiz licenzion musobaqaga quyidagi tarkibda jo'nab ketdi:
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-57 kg: Yodgoroy Mirzaeva
-60 kg: Rayhona Qodirova
-69 kg: Maftuna Melieva
-75 kg: Navbahor Hamidova
Bosh murabbiy: Lochin Qo'chqorov
Katta murabbiy: Elshod Rasulov
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar