So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

08 noy 13:45
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks bo'yicha SHarof Rashidov xotirasiga bag'ishlangan musobaqa o'tkazildi

Teglar :  BoksSHarof Rashidov
SHarof Rashidov xotirasiga bag'ishlangan musobaqa Yirik davlat arbobi va atoqli yozuvchi SHarof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash bo'yicha Respublika tashkiliy qo'mitasi ishlab chiqqan dasturga ko'ra, Jizzaxda sportning eng ommaviy turlari bo'yicha xotira turnirlari va birinchiliklar o'tkazildi.

Dastur doirasida 2002-2003 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida boks bo'yicha O'zbekiston kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, Milliy olimpiya qo'mitasi, Boks federaciyasi hamda Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 364 nafar yosh sportchi qatnashdi.

Jizzax olimpiya zaxiralari kollejida bir hafta davom etgan musobaqalarda 15 vazn toifasida g'oliblar aniqlandi. G'olib va sovrindorlarga SHarof Rashidov siymosi tushirilgan maxsus medallar, diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.

Musobaqa doirasida yosh sportchilar atoqli davlat arbobi va yozuvchi SHarof Rashidovning hayot va mehnat faoliyati, u tug'ilgan hududning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi. SHarof Rashidov yodgorlik majmuasi, muzeyi, Hamid Olimjon va Zulfiya xiyoboni, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi o'zbek tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, yurtimizning ulug' farzandlari voyaga etgan zaminda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

– Musobaqa tengdoshlar bilan nafaqat boksda o'zaro kuch sinashish, balki Vatanimiz tarixini, buyuk ajdodlarimiz hayotini o'rganishda ham amaliy dars bo'ldi, – deydi musobaqa g'oliblaridan biri Namangan olimpiya zaxiralari kolleji o'quvchisi Ilhom Ortiqov. – Musabaqadan bo'sh paytlarimizda Jizzaxning diqqatga sazovor joylariga uyushtirilgan ekskursiyalar Vatanimiz tarixi, ulug' ajdodlarimiz hayoti haqidagi bilimimizni boyitdi. Ayniqsa, SHarof Rashidov hayoti va faoliyati haqida ko'p yangi malumotlarga ega bo'ldik.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing