01 avg 12:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Bugun Filippinda Osiyo chempionati boshlanadi
Bugun Filippinning Puerto-Prinsesa shahrida boks bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi.
7 avgustgacha davom etadigan ushbu qita chempionatida Osiyoning 20 dan ortiq davlatidan o'smir bokschilar ishtirok etadi. Osiyo chempionati 13 ta vazn toifasida o'tkaziladi.
O'zbekiston terma jamoasi ham mazkur qita birinchiligida to'liq tarkibda ishtirok etadi. Bizdan tashqari Qozog'iston va Hindiston terma jamoalari ham 13 ta vazn toifasida medallar uchun ringga ko'tarilishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar