02 sen 08:50
Yangiliklar

Boks. Bugun jahon chempionati finallarida O'zbekiston - Kuba dueli
Hal qiluvchi finalga etib kelgan 20 bokschidan 4 nafari o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari bo'ladi. Bu borada biz faqat Kubaga yutqazdik. Final ishtirokchilari soni bo'yicha Qozog'istondan o'tib ketdik. Endi ana shu ustunlikni finalda ham isbotlash qoldi.
Bugun final janglarida Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatov, kumush medal sovrindori SHahram G'iyosov, shuningdek, Jasurbek Latipov va istedodli bokschimiz, musobaqa kashfiyoti Iqboljon Xoldorov oltin medal uchun ringga ko'tariladi.
Etiborlisi, barcha bokschilarimizning finaldagi raqiblari kubalik charm qo'lqop ustalari bo'lishadi. Ha, oltin uchun janglar oson kechmaydi. Lekin biz o'z qora ko'zlarimizga ishonamiz. Ulardan shiddatli jang va yakunda oltin medal kutamiz.
Bokschilarimizning finaldagi raqiblari:
49 kg. Hasanboy Do'smatov - Yoan Argilagos (Kuba)
52 kg. Jasurbek Latipov - Yosbani Veitia (Kuba)
64 kg. Iqboljon Xoldorov - Endi Kruz Gomes (Kuba)
69 kg. SHahram G'iyosov - Roniel Iglesias (Kuba)
Fikrlar