16 avg 13:47
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
Boks. Bugun uch nafar bokschimiz Olimpiadaning yarim finaliga yo'llanma olishlari mumkin
Bugun bir yo'la uch nafar bokschimiz Olimpiadaning chorak finalida jang qiladilar.
Avvaliga -64 kg vazn toifasidagi sportchimiz Fazliddin G'oibnazarov amerikalik Gari Russelga qarshi ringga chiqadi. Ushbu jang Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.
So'ngra, -56 kg li bokschimiz Toshkent vaqti bilan soat 01:45 da Murodjon Ahmadaliev argentinalik Esekel Melianga qarshi jang o'tkazadi.
02:45 da esa +91 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov britaniyalik Jo Joys bilan bahs yuritadi.
Ushbu janglarda sportchilarimizga omadlar tilab qolamiz! Yarim final yaqin o'rtoqlar! Olg'a, O'zbekiston!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Olg'a O'zbegim!