23 iyu 09:46
Yangiliklar

Boks. Dushanbeda Tojikiston - O'zbekiston uchrashuvi o'tkaziladi
Bu haqda Tojikistonning news.tj sayti xabar tarqatdi. Boks turnirida Tojikiston va O'zbekiston bokschilari o'zaro ringga ko'tarilishadi. Turnir “Toj Promoushen” promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilyapti va 29 iyul kuni Dushanbedagi “Axorun” amfiteatrida bo'lib o'tadi.
Ushbu boks oqshomida hamyurtlarimizga qarshi Tojikistonning mashhur charm qo'lqop ustalari - “SHer” laqabli SHerali Mamadaliev, Baxtiyor Mirzomuhammad va Asror Vohidov ringga ko'tarilishadi.
Oqshomning asosiy janglari:
1. SHerali Mamadaliev (Tojikistan) – Maqsud Jumaev (O'zbekiston)
Reyting jangi, yarim o'rta vazn (66,678 kg), 8 raund
2. Baxtiyor Mirzomuhammad (Tojikiston) – Alisher Xabibullaev (O'zbekiston)
Reyting jangi, o'rta vazn (72,5 kg), 6 raund
3. Asror Vohidov (Tojikiston) – Humoyun Rustamov (O'zbekiston)
Reyting jangi, yarim engil vazn (55,338 kg), 6 raund.
Fikrlar