20 apr 09:13
Yangiliklar

Boks. Ezoza Melieva bronza medalini oltinga aylantirmoqchi
Kecha uch nafar bokschimiz ringga chiqdi va ularning barchasi g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldi. Biz musobaqaga tayyorgarlik ko'rayotgan boshqa bokschilarimiz bilan ham suhbatda bo'ldik.
Jumladan, terma jamoamiz azosi Ezoza Melieva bo'lajak musobaqa haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Terma jamoamiz azolari bilan birgalikda Osiyo chempionatida alo darajada ishtirok etish uchun jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. O'tgan Osiyo chempionatida bronza medalni qo'lga kiritgandim, bu musobaqada esa chempion bo'lib qaytish niyatim bor.
Xudo xohlasa, o'zbek xalqi bizni qo'llab-quvvatlab, duo qilib tursa, albatta hammamiz chempion bo'lib, yuzimiz yorug' bo'lib, yurtimiz bayrog'ini yuksaklarga ko'taramiz va Bangkok shahridan O'zbekistonga oltin medallar bilan qaytamiz", - dedi -81 kg vaznli qizimiz Ezoza Melieva.
Fikrlar