29 noy 17:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Boks. Finalda SHahobiddin Zoirov va Abdulhay SHorahmatov to'qnashuvi bo'lib o'tadi
Surxondaryoda boks bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tmoqda.
Muxlislarimizda -56kg vazn toifasidagi janglar katta qiziqishga sabab bo'lmoqda.
Olimpiada chempioni, Buxoro viloyati terma jamoasi azosi hisoblangan SHahobiddin Zoirov yarim finalda farg'onalik Mirazizbek Mirzahalilovga qarshi jang qildi va g'alaba qozondi. "Uzbek Tigers" azolari hisoblangan toshkentlik Abdulhay SHorahmatov esa Farg'ona viloyati vakili Abrorjon Qodirovlar o'rtasidagi jang esa Abdulhayning g'alabasi bilan yakunlandi.
Endi ertaga bo'lib o'tadigan final janglarida SHahobiddin Zoirov va Abdulhay SHorahmatov o'rtasidagi jang guvohiga aylanishimiz mumkin bo'ladi.
Qolgan janglarning natijalari bilan birozdan so'ng tanishtiramiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar