So’nggi yangiliklar

19:01Уимблдон. Онс Жабер Элина Свитолинага ютқазиб қўйди 0 18:35Ўзбекистон Заурбек Сидаковга легионер бўлиш таклифи билан чиққани маълум бўлди 0 18:10Мбаппенинг "Реал"даги тақдимотига 80 мингдан ошиқ инсон ташриф буюради 0 17:45Уимблдон. Елена Рибакина Возняцкини "сочиб" ташлади 0 17:23"Уимблдон"да сенсация! Дунёнинг биринчи ракеткаси қозоғистонлик теннисчига ютқазди 0 17:01Ёш ҳамюртимиз Octagon 60 мусобақасида қозоғистонлик мағлубиятсиз жангчи билан тўқнаш келади 0 16:40Эшитдик-да! "Ланс" грузиялик футболчини ўз сафига қўшиб олади 0 16:19Боксчиларимиз катта таркибда Парижга жўнаб кетишди 0 15:54"Ҳумо" ўзбекистонлик хоккейчилар Жавоҳир Расулов ва Даниель Коган билан шартномани узайтирди 0 15:33Июль ойи бокс ва ММА мухлисларини аниқ зериктириб қўймайди! (Барча қизиқарли жанглар рўйхати) 0 15:10Кантедан ўзига хос рекорд 0 14:49Стрикленд: "Яқин орада UFCда америкаликлар қолмайди, русларни томоша қилиб ўтирамиз" 0 14:25Олимпиада сари: Тарихда илк бор камондан отиш баҳсларида қатнашамиз (Барча тафсилотлар) 0 14:02Райан Гарсия гиёҳванд моддалардан азият чекаётганини тан олди 0 13:39"Ал Ҳилол" 130 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр! 0

23 apr 01:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks. Hakamlar xatosi, kechiktirilgan to'y va tug'ilgan kunga sovg'a (Osiyo chempionatidan kundalik)

Teglar :  BoksKundalik
22 aprel Osiyo chempionatida biz uchun biroz omadsiz kechdi.

SHu kuni 8 nafar bokschimiz Osiyo chempionatida ringga ko'tarildi va ularning 4 nafari mag'lubiyatga uchradi. Baxtga qarshi, biz shu kuni to'rtta mag'lubiyatga loyiq emasdik. Ayniqsa -81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Dilshodbek Ro'zmatov qozog'istonlik raqibiga deyarli imkon bermagandi. Afsuski, yakunda hakamlar g'alabani raqibga tortiq etishdi. Bu xato edi. Uning Osiyo chempionatida o'tkagan ikkita jangini ko'rib, -81 kg vazn toifasida Bektemir Meliqo'ziev uchun yaxshi o'rinbosar etishib chiqayotganiga guvohi bo'ldik. Fikrimga qo'shilasizmi?


Toshkent boks maktabi tarbiyalanuvchisi Nodirjon Mirzahmedov hamyurtlarimiz ichida birinchi bo'lib yarim final masalasini hal qildi. Aytgancha, shu o'rinda qiziq malumot: 1994 yilda tug'ilgan Nodirjonning 28 aprel kuni to'yi bo'lishi kerak edi. Bangkokdagi Osiyo chempionati sabab visol oqshomi bir haftaga kechiktirildi. Umid qilamizki, engil vaznli bokschimiz to'yga to'yona bilan - oltin medal sohibiga aylangan holda uyga qaytadi.

Miraziz Mirzahalilov esa tailandlik bokschiga qarshi jangda raqibga umuman imkon qoldirmadi. Ushbu jangda mezbon faktori hamyurtimizga halal berishidan xavotir olgandik, hayriyat yakunda unday bo'lmadi va hamyurtimiz yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Hasanboy Do'smatov esa afsuski yana hindistonlik Amitga yutqazib qo'ydi. Umuman, uni yutqazdi demagan bo'lardik, ammo g'alaba qozondi deb ham 100 foiz ishonch bilan ayta olmaymiz. SHunqor esa afsuski iordaniyalik raqib qarshiligini sindira olmadi.

SHaxnoza Yunusova ham jangini juda yaxshi o'tkazdi va yarim finalga chiqdi. Olimpiadada ishtirok etgan o'zbekistonlik yagona bokschi qizimiz Yodgoroy Mirzaeva esa o'z tug'ilgan kuniga ajoyib sovg'a hozirladi va Osiyo chempionatining medalini naqd qilib qo'ydi. Endi uni oltinga aylantirish lozim. Ha, 22 aprel kuni bokschimiz Yodgoroy Mirzaevaning tug'ilgan kuni. Jang oldidan O'zbekistondan tashrif buyurgan muxlislar guruhi Yodgoroyni maxsus qo'shiq yordamida tabriklashdi. 23 yoshga to'lgan bokschi qizimizni biz ham tabriklab qolamiz.

Darhaqiqat, musobaqa davomida Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi muxlislar guruhi bokschilarimizni yolg'izlatib qo'yayotganliklari yo'q. Ahror va Mirodil akadek yordamchilari bilan birga Osiyo boks ringlarida ham o'zbekcha muxlislikni namoyon etmoqdalar. 

(Tailandda istiqomat qiluvchi vatandoshimiz va uning farzandi)

Bokschilarimiz janglaridagi ketma-ketlik, tig'iz vaqt bo'lgani uchun 2 kun davomida kundalik yoza olmadim. Janglardan suratlarni imkon darajasida tezkorlik bilan muxlislar etiboriga havola qilib bormoqdamiz. Bu vaqt ichida Bangkokka o'zbekistonlik jurnalistlar tashrif buyurishdi. Endilikda "O'zbekiston 24" va "MYU5" telekanali hodimlari ham Osiyo chempionatidagi muhitni sizlarga bevosita voqea joyidan etkazib beradilar. Aytgancha, Toshkentdan olib kelingan qurt va patir non uchun ularga rahmat))

Kecha bokschilarimiz ishtirokidagi janglarni tomosha qilish uchun o'zbekistonlik murabbiy Ilgar Aliev va professional bokschi Jasur Ahmadjonov tashrif buyurishdi. Bir necha kun oldin Jasur Tailandda jang o'tkazgan va indoneziyalik raqibini nokaut evaziga mag'lub etgandi. Bu orada ular terma jamoamiz azolarini qo'llab-quvvatlashga ham ulgurishdi. 

Malumot uchun, Ilgar Aliev Qudratillo Abduqahhorov va Azizbek Abdug'ofurovlarning ham murabbiyi hisoblanadi


Professional bokschimiz Jasur Ahmadjonov

Har bir yirik musobaqada bo'lganidek bu erda ham ko'ngillilar (volontyorlar) delegaciya azolariga yordam berish uchun biriktirilgan. Biz istiqomat qilayotgan mehmonxonada O'zbekistondan ekanligimizni bilgan Job ismli yigit yonimizga kelib rus tilida gapira boshladi. O'z vaqtida u Nijniy Novgorodda tahsil olgan ekan. Tashkiliy masalalarda qo'lidan kelganicha yordam berishga tayyor ekanligini malum qildi.

Delegaciyamizning tashkiliy ishlarini hal qilishda O'zbekiston boks federaciyasining xalqaro bo'limi mutaxassisi Doniyor Safarov jonbozlik ko'rsatmoqda. "Front ortida jang qiladigan" ushbu insonning bilim va tajribasi bokschilarimizga asqotmoqda. 


Terma jamoamiz shifokori Komiljon akani ham alohida qayd etib ketmasak bo'lmaydi. U kishi muntazam ravishda charm qo'lqop ustalarimizning sog'lig'ini nazorat qilib bormoqdalar. Akaga musobaqa davomida iloji boricha kamroq ish topilishini tilaymiz.


Musobaqaga AIBAning yangi prezidenti marokashlik Muhammad Mustasan ham tashrif buyurdi. U janglarni bevosita arenadan kuzatib bormoqda (suratda o'ng tomonda)


23 aprel kungi janglar ham keskin va murosasiz kechishi kutilmoqda. Ertangi kun dasturida sakkiz nafar o'zbek bokschisi ringga ko'tariladi. Ushbu janglarda bokschilarimizdan g'alaba kutib qolamiz. Olg'a, O'zbekiston!


Aziz To'xtamurodov, Bangkok shahridan (soat 03:30).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing