06 iyu 15:52
Yangiliklar

Boks. Hozircha 4 nafar bokschimiz final yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Avvalroq, boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining yarim finaliga 9 nafar sportchimiz yo'l olgani haqida xabar qilgandik.
Ularning 5 nafari hozircha jang o'tkazdi. Kunning dastlabki qismida bo'lib o'tgan jang yakunlariga ko'ra, 4 nafar bokschimiz final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Birgina vakilimiz yarim finalda yutqazib qo'ydi va bronza bilan kifoyalanadigan bo'ldi.
Natijalar bilan tanishing:
-52 kg: Abdumalik Halakov - Buyandali Bayarku (Mo'g'uliston) 5:0
-60 kg: Saidjamshid Jafarov - Samatali Toltaev (Qozog'iston) 1:4
-69 kg: Farruh Ilhomov - Isse Aramoto (Yaponiya) 4:1
-81 kg: Timur Ergashev - Eldiyar Qamchibekov (Qozog'iston) 5:0
+91 kg: Lazizbek Mullojonov - Xarshpret Saravat (Hindiston) 5:0
Kechki dasturlarda quyidagi bokschilarimiz jang qiladilar:
-49 kg: Samandar Holmurodov - Guo Tiani (Xitoy)
-64 kg: Bilolbek Mirzarahimov - Banpon Pannon (Tailand)
-75 kg: Rajabboy Atanazarov - Ayat Marjipaev (Qozog'iston)
-91 kg: Profsor Rorimsha - Jen Xan Xe (Xitoy)
Eslatma: Saytimizdan malumot olayotganda www.olamsport.com manzili manba sifatida ko'rsatilishi shart!
Fikrlar