So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

17 avg 16:46
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks. Jahon chempionati oldidan Milliy olimpiya qo'mitasida katta tadbir tashkil etildi + FOTO

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston boks federaciyasining yig'ilishi tashkil etildi.

Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, O'zbekiston Respublikasi prezidenti adminstraciyasi masul xodimi SHavkat Sultonov, MOQ vice-prezidenti va O'zbekiston boks federaciyasi birinchi vice-prezidenti Saken Polatov, yurtimizdagi sport federaciyalari mutasaddilari, jahon chempionatida ishtirok etadigan bokschilarimiz, murabbiylar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi. 


Yig'ilishni O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov ochib berdi. So'ngra bosh kotib Murodjon Mamadaliev federaciya hisoboti va rejalari taqdimotini o'tkazdi. Unda federaciya tomonidan Tokio-2020 Olimpiadasi uchun ishlab chiqilgan strategiya bilan tanishtirildi. SHundan so'ng Ekaterinburgdagi jahon chempionatida ishtirok etadigan bokschilarimiz tarkibi elon qilindi. 



Avvalroq xabar berganimizdek, terma jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

-52 kg: SHahobiddin Zoirov

-57 kg: Miraziz Mirzahalilov

-63 kg: Elnur Abduraimov

-69 kg: Bobousmon Baturov

-75 kg: Fanat Qahramonov

-81 kg: Dilshodbek Ro'zmetov

-91 kg: Sanjar Tursunov

+91 kg: Bahodir Jalolov.


Tarkib elon qilingach, terma jamoamiz bosh murabbiyi Marat Qurbonov so'zga chiqib, musobaqaga olib borilgan tayyorgarlik, rejalar haqida gapirib berdi. SHundan so'ng ilmiy kengash vakili o'z fikrini bildirdi. 


Terma jamoa sardori Bahodir Jalolov ham tadbir davomida so'zga chiqib, bokschilar JCHda o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlashga astoydil harakat qilishlarini takidlab o'tdi. 


Qolaversa, tadbir davomida O'zbekiston boks federaciyasining texnik hamkori tomonidan musobaqa uchun taqdim etilgan liboslar ham namoyish etildi. Yig'ilishda shuningdek mutasaddilar so'zga chiqib, oldinda turgan jahon chempionatida bokschilarimizga omad tilashdi. 




Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov so'zga chiqar ekan, jahon chempionati oldidan bokschilarimizga ishonishini, qo'lga kiritilayotgan yutuqlarda bosh murabbiy Marat Qurbonovning o'rni katta ekanligini qayd etib o'tdi. 

SHu tariqa, jahon chempionati oldidan tashkil etilgan tadbir nihoyasiga etdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing