24 avg 21:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Jahon chempionatiga qura tashlandi, Hasanboyning raqibi...
Ertaga Germaniyaning Gamburg shahrida boks bo'yicha jahon chempionati boshlanadi.
Ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi to'liq tarkibda, yani 10 nafar bokschi bilan ishtirok etadi. Hozirgina Gamburg shahrida jahon chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra, Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, dunyoning
eng yaxshi bokschisiga beriladigan Vel Barker sovrinining amaldagi sohibi Hasanboy
Do'smatov o'z ishtirokini ikkinchi bosqichdan boshlaydi.

Andijon o'g'loni 27 avgust kuni ukrainalik Nazar Kurotchin yoki Kosta-Rika vakili Robinson Rodrigesga qarshi ringga ko'tariladi. Yani bu ikki bokschidan biri Hasanboyning raqibiga aylanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar