18 noy 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. JCHda ishtirok etadigan qizlarimiz ilk raqiblari nomini bilib olishdi
Xabar qilganimizdek, Hindistonda 18-26 noyabr kunlari boks bo'yicha qizlar o'rtasida (yoshlar) jahon chempionati bo'lib o'tadi.
Bugun JCHga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Quraga ko'ra, yosh bokschi qizlarimiz ilk jangda quyidagi raqiblarga to'qnash keladilar.
-51kg: Xursanoy Xolmatova - Ekaterina Molchanova (Rossiya)/SHauna Bleni (Irlandiya) jangi g'olibi
-54kg: Maftuna Fayzullaeva - Dariya Pushka (Polsha)
-57kg: Durdonaxon Rahmatova - SHashi CHopra (Hindiston)
-60kg: Mahliyo Rahimova - Pelea Fruean (Yangi Zelandiya)
-69kg: SHaxnoza Yunusova - Nataliya Sichugova (Rossiya)
-75kg: Mavluda Mavlonova - YA CHu Yang (Tayvan)/Lauren Kelli (Irlandiya) jangi g'olibi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar