24 avg 22:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Boks. JCHga qura tashlandi, Meliqo'ziev ham ikkinchi davradan boshlaydi
Xabar berganimizdek, ertaga Germaniyaning Gamburg shahrida boks bo'yicha jahon chempionati boshlanadi.
Qura natijasiga ko'ra, -81 kg vazn toifasidagi
hamyurtimiz, Rio Olimpiadasi kumush medali sovrindori, Osiyo chempioni Bektemir Meliqo'ziev
o'z vazn toifasida ikkinchi raqam ostida saralandi.
Bektemir o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan
boshlaydi. CHarm qo'lqop ustamizning raqibi rossiyalik Muslim Gadjimagomedov hamda kolumbiyalik
Jeysson Varela Monroy o'rtasidagi jangdan so'ng malum bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar