24 avg 22:31
Yangiliklar
![](/upload/storage/18068_220.jpg)
Boks. JCHga qura tashlandi, saltochi Madrimov ikkinchi bosqichdan boshlaydi
Qura natijasiga ko'ra, -75 kg vazn toifasidagi
hamyurtimiz, Osiyo chempioni Isroil Madrimov o'z vazn toifasida ettinchi raqam
ostida saralandi. Amaldagi Olimpiada chempioni kubalik Arlen Lopes birinchi
raqamda harakat qiladi.
SHunga qaramay, u o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi
davradan boshlaydi. CHarm qo'lqop ustamizning raqibi Puerto-Riko vakili Luis
Rodriges hamda turkmanistonlik Aziz Achilov o'rtasidagi jangdan so'ng malum
bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Madrimov shu yili Samarqandda Butunjahon boks seriyasi (WSB) doirasidagi “Cuba Domadores” jamoasiga qarshi kechgan jangda aynan Arlen Lopesni shov-shuvli tarzda taslim etgandi. O'z o'rnida Lopes Rio Olimpiadasi finalida Bektemir Meliqo'zievdan ustun kelgan edi.
Fikrlar