31 iyu 08:18
Yangiliklar

Boks. Kaspiyskdagi xalqaro turnir: 7 ta jang - 7 ta g'alaba!
Kecha musobaqa davomida 7 nafar bokschimiz ringga ko'tarildi.
Avvalroq, Abdulhay SHorahmatov, Bilolbek Mirzarahimov va Timur Saidov raqiblarini mag'lubiyatga uchratishgani haqida xabar qilgandik.
SHundan so'ng kun davomida shuningdek yana 4 nafar bokschimiz o'z jangini o'tkazdi.
-64 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jahongir Rasulov rossiyalik bokschi Anatoliy Jirnovni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
-75 kg vaznli Akmurad Gaffarov ham mezbon sportchi Axmed Gadjievga xech qanday imkoniyat qoldirmadi - 5:0!
-91 kg vaznli hamyurtimiz SHahzod Sulaymonov Isroil vakili Muhammad Abu Kandilni 5:0 hisobida taslim etdi.
-75 kg vazn toifasida bahslarda qatnashayotgan Saidjamshid Jafarov ham rossiyalik Magomed Ashalaevni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar