31 mar 17:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks kechasidan avval charm qo'lqop ustalarimizning salomatligi ko'zdan kechirildi
Xabaringiz bor, 3 aprel kuni “Humo arena” muz saroyida katta boks kechasi bo'lib o'tadi.
Bugun unda jang qiladigan bokschilarimiz tibbiy ko'rikdan o'tishdi. MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti-ilmiy amaliy markazida o'tgan tekshiruvda Murodjon Ahmadaliev, SHahram G'iyosov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov, Hasanboy Do'smatov, Iqboljon Xoldorov kabi asosiy bokschilarimizdan tashqari Dilshod Ro'zmetov, Laziz Mullajonov, Bobousmon Baturov kabi terma jamoamizning boshqa vakillari ham ishtirok etishdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar