So’nggi yangiliklar

12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0

25 iyu 11:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks. Kimda qancha Rio-2016 licenziyasi bor? Bizda to'liq

SHu kunlarda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida 31-yozgi olimpiya o'yinlariga boks bo'yicha erkaklar o'rtasida saralash turniri davom etmoqda.

Unda 92 davlatdan 375 nafar bokschi ishtirok etayapti. Bugun yakuniga etadigan musobaqada jami 39ta licenziya beriladi. Bu borada Rio-2016 uchun erkaklar o'rtasida so'nggi saralash turniri – WSB/APB yo'nalishlari bo'yicha iyun-iyul oylarida Sofiya shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Unda yarim professonallarga  jami 26 ta yo'llanma taqdim etiladi.

Ayollar o'rtasida esa saralash turnirlari yakuniga etgan. SHu o'rinda bo'lajak olimpiya o'yinlariga qaysi davlat sportchilari qancha yo'llanmani qo'lga kiritgani borasida ayrim malumotlarni etkazib qo'ysak. Umuman olganda, hozirga qadar 62ta davlat sportchilari boks bo'yicha yo'llanmaga egalar. 

Erkaklar o'rtasida O'zbekiston, Qozog'iston va Kuba terma jamoalari  muddatidan avval to'liq 10ta yo'llanmani qo'lga kiritib bo'lishgan. Buyuk Britaniya va Rossiya bokschilari esa hozircha 8 ta licenziyani naqd qilishgan.

Etiborlisi, hozircha Ukraina, Belarus, Polsha, Vengriya, Ruminiya, Puerto-Riko, Eron, Hindiston, Iordaniya, Yaponiya, Qirg'iziston kabi avvallari olimpiya o'yinlarida medal uchun davogarlik qilgan davlatlarda bittadan yo'llanma bor.

SHuningdek, Bolgariya, SHveciya, Finlandiya, Turkmanistonda esa hali erkaklar o'rtasida birorta ham licenziya yo'q. Ayollar o'rtasida esa eng ko'p uchta yo'llanmani Xitoy va marokashliklar qo'lga kiritgan. Rossiya, Franciya, Buyuk Britaniya, Braziliya, AQSH, Kanada, Qozog'istonda ikkitadan yo'llanma mavjud.

SHu o'rinda bu yil 51 kg vazn toifasida hamyurtimiz Yodgoroy Mirzaeva ham olimpiya o'yinlarida yuqori natija uchun kurash olib borishini takidlash o'rinlidir.

5 avgust kuni boshlanadigan to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida havaskor boks bo'yicha jami 286 nafar sportchi ishtirok etadi. Ularning 250 nafari erkak, 36 nafari ayol bokschilardan iborat bo'ladi.

Erkaklar o'n (49, 51, 52, 60, 56, 75, 60, 64, 69, 75, 81, 91 hamda +91 kg), xotin-qizlar esa uch (51, 60, 75 kg) vazn toifalarida chempionlik uchun ringga ko'tariladi.

Ulug'bek Hakimjonov tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting: +1   

Fikrlar

   
25 iyu 12:26:25
aszmuzb
Олға Ўзбек ўғлонлари !
Боксчилармизга ишонаман, хар доим олимпиадада пешқадам, медаллар шодасини кутиб қоламиз.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing