So’nggi yangiliklar

15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0

17 avg 08:13
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks murabbiylari bilan yig'ilish tashkil etildi, unda Rustam SHoabdurahmonov va Saken Polatov ishtirok etdi

Teglar :  Boks
16 avgust kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida yurtimizda faoliyat olib borayotgan boks murabbiylari ishtirokida yig'ilish tashkil etildi.

Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari va O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov, O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari, terma jamoa murabbiylari va boks mutaxassislari ishtirok etishdi. 

Yig'ilish davomida Tokio Olimpiadasida qayd etilgan natijalar tahlil qilindi, yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi. 

So'zga chiqqan tajribali mutaxassislar takliflarini, fikrlarini bildirishdi. Tajribali murabbiylar yuzaga keladigan muammolar, kamchiliklar haqida gapirishdi, mamlakatimizda musobaqalar tashkil etishni ko'paytirish taklif etildi. 

"Bir necha kun oldin o'tkazilgan uchrashuvda Muhtaram yurtboshimiz tomonidan vazifalab belgilab berildi. Tokio Olimpiadasi biz uchun juda katta tajriba bo'ldi. Sportda mayda narsaning o'zi yo'q - tibbiyot va psixologiya ham bunday vaqtlarda katta ahamiyatga ega. Biz sport orqali yurtimizga sog'lom avlodni etkazib berishimiz kerak. Barchaga rahmat aytmoqchiman", - dedi MOQ raisi yig'ilish davomida. 



Saken Polatov esa mutaxassislar fikri uchun federaciya eshigi doim ochiq ekanligini takidlab o'tdi. 

"Biz uchun sizning fikrlaringiz juda muhim. Federaciyamiz eshigi siz uchun doimo ochiq. Biz federaciyada jamoatchilik va murabbiylar kengashi shakllantiramiz. Maqsad yo'lida jipslashib ishlashimiz lozim. Fursatdan foydalanib, bir jamoada hamfikr bo'lib faoliyat olib borayotgan murabbiylarimizga rahmat aytmoqchiman", - dedi Saken Polatov. 


SHundan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Marat Qurbonov tashkil etiladigan o'quv-mashg'ulot yig'inlari haqida fikrlarini bildirdi. Rahmatjon Ro'zioxunov esa hududlarda faoliyat olib borayotgan murabbiylar bilan yaqindan hamkor sifatida ishlash lozimligini alohida takidlab o'tdi.  

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

   
17 avg 09:15:27
Sheraly Gofurov
Saidov Malayziyada ishlayabdi shekili
   
17 avg 08:55:30
Nuriddin 77
Rustam Saidovni murabbiy qib qōyinglar T.Qilichev ōrniga.Rioni R.Saidov tayyorlagan 2oy qolganda T.Qilichev murabbiy bōlgan nima uni joyi kafolarlanganmi.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing