03 may 11:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Murodjon Ahmadalievdan yana bir nokaut, u JCH yo'llanmasini qo'lga kiritdi!
Toshkentda boks bo'yicha bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatida bugundan boshlab chorak final bahslari boshlandi.
Butanlik Nima Dorjiga qarshi bo'lib o'tgan jangda Olimpiada va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliev raqibini ikki marotaba nokdaun holatiga tushirdi va ana shundan so'ng Dorjining murabbiylari ringga oq sochiq tashlashdi. Bu esa albatta mag'lubiyatni tan olish deganidir.
SHu tariqa bokschimiz medalni naqd qilish bilan birga, Germaniyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Kun omadli boshlandi! G'alabalarimiz bardavom bo'lsin!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar