So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

12 avg 20:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks. Onlayn seminarda vodiylik murabbiylar o'zlariga kerakli malumotlar olishdi

Teglar :  BoksSeminar
Xabar berib o'tganimizdek, O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston boks federaciyasi tashabbusi bilan kecha, 11 avgustdan boshlab Respublikamizdagi boks mutaxassislari uchun seminar boshlandi.

Bugun, onlayn seminarning ikkinchi kunida Andijon, Farg'ona va Namangan viloyati vakillari ishtirok etishdi. 

Rejaga binoan ertalabki seminarda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti vakillari, professor Rustam Xalmuxammedov boshchiligidagi o'qituvchilar o'zlarining qiziqarli malumotlarini mutaxassislarga etkazishdi. Kafedra o'qituvchilari Dilnavoz Berdieva "Virusli kasalliklarga qarshi kurashish tamoyillari", Valixan Anashev esa "Pandemiya davridan keyin sportchilarning ish qobiliyatini tiklashning biokimyoviy asoslari" mavzusida maruza qilishdi. 

Kunning ikkinchi qismida esa O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliev boshchiligida tashkiliy masalalarga bag'ishlangan seminar o'tkazildi. M. Mamadaliev karantin davrida mashg'ulot olib borish, rejalar haqida gapirib berdi. Terma jamoa katta murabbiyi esa pandemiya davrida sportchilarni nazorat qilish, oldinda kutib turgan musobaqalar va boshqa tashkiliy jihatlar haqidagi savollarga javob berib o'tdi. Seminar ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 

Eslatib o'tamiz, mazkur onlayn seminar 15 avgustga qadar, kuniga ikki martadan tashkil etilishi rejalashtirilgan. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing