07 iyu 10:58
Yangiliklar
![](/upload/storage/15411_220.jpg)
Boks. Osiyo chempionati finallari. Eng yaxshi ko'rsatkich O'zbekistonda! Qozog'iston esa...
Ushbu qita birinchiligining finaliga 8 nafar o'zbekistonlik yosh bokschi yo'l olgan.
Undan keyin esa ushbu ko'rsatkich bo'yicha qozog'istonlik bokschilar borishmoqda. Qo'shnilarimiz finalda 4 nafar bokschi bilan ishtirok etadilar. Mezbon tailandliklardan esa 3 nafar sportchi hal qiluvchi bosqichga etib kelgan. Yana 2 yaponiyalik bokschi ham bugun oltin medal uchun jangga chiqadi. Eron, Xitoy va Hindiston terma jamoalaridan esa bir nafar boksi finalda ringga chiqadi.
O'zbekiston - 8
Qozog'iston - 4
Tailand - 3
Yaponiya - 2
Eron - 1
Xitoy - 1
Hindiston - 1
Eslatib o'tamiz, may oyida kattalar o'rtasida Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati finalida 9 nafar bokschimiz jang qilgan va ularning barchasi oltin medal sohibiga aylangandi.
Fikrlar
2 тасини ютдик 1 та маглубият.
3 нафари тенг жангда ютказиб куйдилар.
Жамоа буйича 1 чи урин
Олтин 5
Кумуш 3
Козокларда
2 га 2.