So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

07 may 19:45
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks. Osiyo chempionatida bokschilarimiz 9 ta oltin medalni qo'lga kiritdilar

Bugun boks bo'yicha Toshkentda bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionati yakuniga etadi.


SHu tariqa Osiyo chempionatining so'nggi kunidan olib borgan matnli translyaciyamizni yakunlaymiz.


19:30. SHahram G'iyosov va Bahodir Jalolovlar oltin medalni qo'lga kiritdilar.


18:32. Kutib oling, ringga bokschimiz chiqib kelmoqda.


18:16. Birozdan so'ng SHahram G'iyosov ringga ko'tariladi.


18:05. Janglar boshlandi. Ayni paytda janubiy koreyalik va suriyalik bokschilar JCH yo'llanmasi uchun jang qilmoqdalar.


17:55. -69 kg vazn toifasidagi bokschilar janglarga tayyorgarlik ko'rmoqdalar. Xabaringiz bor, ushbu vazn toifasida SHahram G'iyosov final jangini o'tkazadi.


17:35. Bu orada hozircha bo'lib o'tgan janglar va taqdirlash marosimidan FOTOGALEREYA saytimizga joylashtiirildi. Tomosha qiling!


16:09. Osiyo chempionatining so'nggi kunida tanaffus elon qilindi. Navbatdagi janglar soat 18:00da boshlanadi.


16:04. VIDEO. Iqboljon Xoldorovning finaldagi g'alabasini tomosha qiling


16:03. VIDEO. Jasurbek Latipovning finaldagi g'alabasini tomosha qiling


16:02. VIDEO. Hasanboy Do'smatov Osiyo chempioni!


15:55. Ayni damda bokschilarga medal taqish (taqdirlash) marosimi bo'lib o'tmoqda.


15:48. Latipov va Holdorov O'zbekiston bayrog'ini yana ikki marotaba yuqori ko'tarilishiga sabab bo'lishdi. Ularni oltin medallar bilan tabriklaymiz!


14:55. Endi -52 kg vazn toifasidagi janglar boshlandi. Ushbu vaznda vakilimiz Jasurbek Latipov jang o'tkazadi. Taxminan 20 daqiqalardan so'ng yurtdoshimiz ishtirokidagi jangni ko'ramiz.


14:48. G'ALABA! Hasanboy Do'smatov Osiyo chempionati oltin medali sohibiga aylandi! Bizda navbatdagi oliy probali medal!


14:44. Hasanboy Do'smatov ishtirokidagi jangning ikkinchi raundi ham yakunlandi. Kichik tanaffusdan so'ng hal qiluvchi raund boshlanadi.


14:39. Hasanboy Do'smatov birinchi raundda mo'g'ulistonlik raqibini mag'lub etdi desak adashmagan bo'lamiz. 


14:22. Yana birozdan so'ng hamyurtimiz Hasanboy Do'smatov final jangini o'tkazadi.


14:17. Kunning ilk jangida Indoneziyadan tashrif buyurgan bokschi Qozog'iston vakilini mag'lubiyatga uchratdi va JCH licenziyasi sohibiga aylandi.


14:07. Tomoshabinlar qatorida Ruslan CHagaev ham bor! Tez orada CHagaev bilan intervyuni saytimiz orqali o'qishingiz mumkin bo'ladi.


14:00. Dastlabki janglar boshlandi. Birinchi bo'lib -49 kg vazn toifasida JCH yo'llanmalari uchun janglar bo'lib o'tadi.


13:40. Janglar boshlanishiga 20 daqiqa qolganida "O'zbekiston" sport majmuasi muxlislar bilan liq to'ldi!


13:35. Bugun O'zbekiston bokschilari ishtirokida 5 ta final bizni kutib turibdi. Bugungi janglarda ishtirok etadigan bokschilarimiz ro'yxati bilan yana bir marotaba tanishtirib o'tamiz:


Hasanboy Do'smatov - Gan Erdene Ganxuyang (Mog'uliston)

Jasurbek Latipov - In Kyu Kim (Janubiy Koreya)

CHinzorig Batarsux (Mog'uliston) - Iqboljon Xoldorov

SHahram G'iyosov - Ablaixon Jusupov (Qozog'iston)

Bahodir Jalolov - Qamishbek Konkabaev (Qozog'iston)


13:30. Assalomu alaykum hurmatli boks ishqibozlari. Biz yana "O'zbekiston" sport majmuasidamiz. Boks bo'yicha Osiyo chempionatining so'nggi kunidan matnli-translyaciyamizni boshlaymiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
07 may 18:53:15
Marco 11
Shaxram ringda aktiyorlardek xarakat qildi
+1   
07 may 18:52:02
Marco 11
Shaxramdan shedevr
   
07 may 21:23:25
ufcking5
Raxmat mirzabek
   
07 may 20:23:30
СПОРТ
Козогистонлик кардошларимизни узлари хам ким кучли деган саволга жавоб топганидан кунгиллари хотиржам булиб утиргандир бошка бахона тополмай.
   
07 may 20:06:22
Mirzabek
Bektemir Meliqo'ziyev 1996-yil 1.78
   
07 may 19:59:47
Mirzabek
Bokschila shu shijoat bilan futbolga o'tila iltimos tarkia zor. DARVOZADA-JALOLOV, XIMOYADA-MELIQUZIYEV, TULAGANOV, ABDURAIMOV, LATIPOV. YARIM XIMOYADA- PXOLDOROV MADRIMOV. SH ZOIROV, XUJUMDA, G'IYOSOV , AXMADALIYEV, DUSTMATOV. Xullas 4-3-3
   
07 may 19:59:36
Mirzabek
Bokschila shu shijoat bilan futbolga o'tila iltimos tarkia zor. DARVOZADA-JALOLOV, XIMOYADA-MELIQUZIYEV, TULAGANOV, ABDURAIMOV, LATIPOV. YARIM XIMOYADA- PXOLDOROV MADRIMOV. SH ZOIROV, XUJUMDA, G'IYOSOV , AXMADALIYEV, DUSTMATOV. Xullas 4-3-3
   
07 may 19:22:36
Mirzabek
Rekoord maladse Jalolov.
   
07 may 19:05:00
ufcking5
Bektemir yoshi nechada
   
07 may 18:59:39
ufcking5
Admin Bektimirni turmanistonlik jangini videosini qoying tasxda iltimos
   
07 may 18:58:26
ufcking5
Bektimir juda mahorat bilan jang qiladigan bolipti cubalik lopes aniq yutadi endi
   
07 may 18:56:48
ufcking5
Shahram juda zor jang qildi 9oltinni kutib qolamiz Bahodir fovorit
   
07 may 18:48:35
Mirzabek
Shakhram shou! Malades o'g'lon 8ta oltin medal. Rekord yangilandi yurtdoshlar.
   
07 may 15:56:43
Mirzabek
Men tush ko'ryapmanmi! 10ta qatnashchi 7 ta oltim 1ta yo'llanma kamiga 2ta final olg'a . Faqat o'zbeklani madxiyasi. Faqat g'urur
   
07 may 14:24:40
Anik
Qani Xaaaasssannnnboooooooyyy biz senga ishonamiz
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing