16 noy 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. O'zbekiston chempionatida birinchi raqamli sportchilar ishtirok etmaydi
23-30 noyabr kunlari Termizda boks bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tishi haqida xabar qilgandik.
Malum bo'lishicha, ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli bokschilari ishtirok etmaydilar. Bunga sabab, terma jamoa uchun yangi nomzodlarni saralab olishdir.
Turnirda bitta viloyatdan uch yoki to'rt nafar bokschi ham ishtirok etishi mumkin.
Janglar "Alpomish" sport saroyida tashkil qilinadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar