02 may 15:31
Yangiliklar

Boks. O'zbekiston yana bir turnirda umumjamoa hisobida birinchi bo'ldi
27 aprel - 1 may kunlari Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida boks bo'yicha "Haydar Aliev-2019" xalqaro turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqada jahonning 10 mamlakatidan yosh charm qo'lqop ustalari ishtirok etishdi. Quvonarlisi, musobaqada ishtirok etgan 7 nafar bokschimizning barchasi musobaqa yakunlariga ko'ra medallarga sazovor bo'lishdi.
Musobaqa yakunlariga ko'ra sovrindorlar ro'yxati:
Oltin:
-48 kg: Asrorbek SHahobiddinov
-52 kg: Jahonmurod Imomaliev
-60 kg: Bekzod Bekmurodov
-70 kg: Login Petrov
+80 kg: Jahongir Zokirov
Bronza:
-46 kg: Bekzod Xoldorov
-57 kg: Lazizbek Fattoev
Murabbiylar: L.Zokirov, I.Berdiev
Turnir yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Bugun musobaqada ishtirok etgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishadi. Yosh bokschilarimiz joy olgan samolyot Toshkentga soat 20:10 da kelib qo'nadi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar