07 jan 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. O'zbekistonning 2019 yilgi chempioni fevralda prof boksda debyut qiladi
Yana bir o'zbekistonlik bokschi professional boksda debyut jangini o'tkazadi.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, superog'ir vaznli bokschimiz Ulug'bek Mubinov faoliyatini prof ringda davom ettirishga qaror qilgan.
U 1 fevral kuni Rossiyaning Kaliningrad shahrida o'tkaziladigan jang oqshomida o'z debyutini nishonlashi kutilmoqda.
Fursatdan foydalanib, Ulug'bekka yangi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar