03 okt 19:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Qizlarimiz jahon chempionatini g'alaba bilan boshlashdi
Bugun Rossiyaning Ulan-Ude shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasidagi jahon chempionati start oldi.
Kun davomida ikki nafar hamyurtimiz jang olib bordi. -48 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Gulasal Sultonalieva ilk jangida qozog'istonlik Alua Balkibekovani 3:2 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, -51 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Tursunoy Rahimova marokashlik Yasmine Muttakiga xech qanday imkoniyat qoldirmadi - 5:0!
Ertaga kun davomida yana ikki nafar bokschimiz ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar