15 jan 16:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Rossiyalik chempiondan doping topildi
Yarimo'rta vazn toifasida jahon chempioni Aleksandr Besputin doping testdan o'ta olmadi.
U 2019 yilning 30 noyabr kuni vatandoshi Rajab Butaevni mag'lubiyatga uchratib, WBA yo'nalishi chempioniga aylangandi.
Aynan o'sha jangdan so'ng topshirilgan tahlildan taqiqlangan modda topilgan.
Malumot uchun, 28 yoshli Besputin bungacha prof boksda 14 ta jang qilgan va ularning barchasida g'alaba qozongan (9 ta nokaut).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar