15 dek 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Boks. Rustam To'laganov yarim finalga yo'l oldi
Samarqand shahrida boks bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tmoqda.
Mamlakat birinchiligida o'z vazn toifasida etakchi bo'lgan charm qo'lqop ustalari ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishmoqda.
-91 kg vazn toifasidagi bahslarda Rio Olimpiadasi sovrindori Rustam To'laganov ham ishtirok etmoqda. Rustam bugun chorak final doirasida Mirali Boymirzaevga qarshi ringga ko'tarildi va 5:0 hisobidagi g'alabani rasmiylashtirdi.
Ertaga u final yo'llanmasi uchun ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar