24 noy 15:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Sanjar Tursunov latviyalik raqibi ustidan osonlik bilan g'alaba qozondi
Rossiyaning Beloyarskiy shahrida bo'lib o'tayotgan turnirda og'ir vaznli bokschimiz Sanjar Tursunov ilk jangini o'tkazdi.
Ilk bosqichda Sanjarga latviyalik Vladislav Levsha raqiblik qildi.
Bo'ydor raqibga qarshi bo'lib o'tgan jang 19 yoshli bokschimiz uchun juda ajoyib o'tdi. Vakilimiz to'qnashuvda o'zining harakatlari bilan ajralib turdi. Uchinchi raundda raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ya oldi. Yakunda hakamlar Sanjarning g'alabasini qayd etdilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar