So’nggi yangiliklar

08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0

03 sen 08:45
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks. Umumjamoa hisobida ikkinchi bo'ldik, Qozog'iston terma jamoasi uchinchi

Kecha Germaniyaning Gamburg shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuniga etdi.

Hal qiluvchi final janglarida 4 nafar o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi ringga ko'tarilgan bo'lsa, ulardan birgina SHahram G'iyosov kubalik raqibi Roniel Iglesiasni mag'lubiyatga uchratib, jahon chempioniga aylandi.

Hakamlar Olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatovga noxolislik qilib, g'alabani kubalik bokschiga taqdim etishdi. Jasurbek Latipov va jahon chempionati kashfiyotiga aylangan Iqboljon Xoldorov kumush medal bilan taqdirlanishdi.


Finalga etib kelish bo'yicha biz faqat Kubaga yutqazdik. Finalda kubalik bokschilardan 7 nafari ringga chiqdi. Qozog'istonda bu son 3 nafarni tashkil qildi.

Yakunda umumjamoa hisobida Kuba terma jamoasi birinchi o'rinni egalladi. Ozodlik oroli vakillari 5ta oltin medalni qo'lga kiritishdi. Xoanis Argilagos (49 kg), Yosbani Veitiya (52 kg), Endi Krus Gomes (64 kg), Xulio Sesar la Krus (81 kg) va Erislandi Savon (91 kg) jahon chempioniga aylanishdi. Lasaro Alvares (60 kg) va Roniel Iglesias (69 kg) kumush medalga sazovor bo'ldi.


Quvonarlisi, O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni band etdi. CHarm qo'lqop ustalarimiz jahon chempionatida to'liq (10 bokschi) tarkib bilan ishtirok etishdi va yakunda 6ta medalni qo'lga kiritishdi. SHoxsupaning eng yuqori pog'onasidan SHahram G'iyosov (69 kg) joy olgan bo'lsa, Hasanboy Do'smatov (49 kg), Jasurbek Latipov (52 kg) va Iqboljon Xoldorov (64 kg) kumush medalga ega chiqdi. Bektemir Meliqo'ziev (81 kg) va Sanjar Tursunov (91 kg) Toshkentga bronza medali bilan qaytadi.

Umumjamoa hisobida Qozog'iston terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasab berdi. Qayrat Eraliev (56 kg) jahon chempioni bo'ldi. Abilxan Amankul (75 kg) va Kamshibek Kunkabaev (+91 kg) ko'ksini kumush medal bezadi. Jomart Erjan (49 kg), Ablayxan Jusupov (69 kg) hamda Vasiliy Levit (91 kg) jahon chempionatining bronza medaliga loyiq ko'rilishdi. 


SHuningdek, Ukraina, Franciya va Ozarbayjon terma jamoalari ham o'z vatanlariga bittadan oltin medal bilan qaytadigan bo'lishdi.

Umumiy jadval quyidagicha ko'rinish olgan:



Reyting: +1   

Fikrlar

   
03 sen 14:41:12
Aslanbek
Хасанбой билан рингга чиққан кўт қора маймун башара қайси виждон билан медалини кўз кўз қилиб расмга тушдийкин.
   
03 sen 11:13:35
Akmal
Агарда футболга сарфланаётган пулларни хукуматимиз боксга сарфласа,чекка-чекка кишлокларга бокс заллари очиб,бор эътиборни боксга каратсак,Куба бизни олдимизда хеч нарса булмай колади.
   
03 sen 10:36:45
Is Moi LoVe
Rossiya emas Ukraina oltin oldi
   
03 sen 10:29:54
praff yana praff
5 ta hakamni 1ta qoziqqa otqaziw kerak
   
03 sen 09:36:14
Kuymazor
Halol o‘yin bo'lganida bizda kamida 4 ta oltin bo‘lardi. Ha , kamida! Ko‘pi bilan 10 ta oltin!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing