03 iyu 10:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Yoshlarimiz ikkinchi kungi janglarning barchasida g'alaba qozonishdi
Bangkokda boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Kecha uch nafar bokschimiz Tailand ringlarida jang qilishdi va g'alaba qozona olishdi.
Avvaliga -52 kg vaznli Abdumalik Halakov xitoylik Xang Jenni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
-56 kgda ringga chiqqan Zoirjon Jumanazarov suriyalik Adiyu Xabradan 5:0 hisobida ustun keldi.
-64 kg vaznli Bilolbek Mirzarahimov ham sheriklari singari 5:0 hisobida g'alaba qozondi. U ilk jangida singapurlik Velvan Tan Junni mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar