20 sen 18:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschi Amir Xanni samolyot reysidan qoldirib yuborishdi
Taniqli bokschi Amir Xanni koronavirusga oid qoidalarni buzganii uchun AQSHda reysdan qoldirishdi.
Bunga sabab, u himoya niqoblarini noto'g'ri taqqan ekan.
"Meni samolyot policiyasiga olib chiqishdi. Bu sezdirmay amalga oshirildi. Biz xech qanday yomon ish qilmagandik. Bu aviakompaniya tomonidan hurmatsizlik bo'ldi. Men mashg'ulot lageriga uchib ketishim kerak edi, ammo bir kunimni yo'qotdim", - dedi Xan.
Aviakompaniya Xanning ushbu so'zlarini inkor qilishga ulgurdi. Kompaniya bu qarorni Xan va uning jamoadoshlari bir necha qoidani buzganligi bilan izohlagan. Ular mobil telefonlarini "uchish" rejimiga o'tkazishmagan, yuklarini to'g'ri qo'yishmagan va himoya niqoblarini noto'g'ri kiyishgan.
Havola :
Manba : BBC
Fikrlar