13 noy 07:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschi qizlarimiz jahon chempionatiga yo'l olishdi
15-24 noyabr kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasidagi XI jahon chempionati o'tkaziladi.
«IG Indoor Stadium» arenasi mezbonlik qiladigan musobaqada jahonning 60 ga yaqin mamlakatidan 300 nafardan ziyod bokschi ringga ko'tariladi. Mazkur jahon birinchiligida O'zbekiston ayollar terma jamoasi ilk marotaba to'liq tarkib bilan ishtirok etadi.
Terma jamoamiz jahon chempionatida quyidagi tarkibda qatnashadi:
-48 kg: G. Sultonalieva
-51 kg: A. Yakubova
-54 kg: T. Rahimova
-57 kg: YO. Mirzaeva
-60 kg: R. Qodirova
-64 kg: M. Meylieva
-69 kg: SH. Yunusova
-75 kg: E. Meylieva
+81 kg: G. Ismatova
Bosh murabbiy: L. Qo'chqorov
Katta murabbiy: K. Mutalov
Murabbiy: B. Nurdinov
Havola :
Fikrlar