02 dek 18:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschi qizlarimiz Qozog'istonga jo'nab ketishdi
Boks bo'yicha ayollar milliy terma jamoasi azolari xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etish uchun Qozog'iston poytaxti Nur-Sulton shahriga jo'nab ketishdi.
Terma jamoamiz Olimpiya o'yinlariga licenziya taqdim etuvchi musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida 16 dekabrga qadar qo'shni mamlakatda yig'in olib boradilar. 17 dekabrdan boshlab esa qizlarimiz Qaraganda shahrida o'tkaziladigan xalqaro turnirda ishtirok etishadi.
Terma jamoamiz Qozog'istonga quyidagi tarkibda yo'l oldi:
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-57 kg: Yodgoroy Mirzaeva
-60 kg: Rayhona Qodirova
-69 kg: SHahnoza Yunusova
-75 kg: Mavluda Mavlonova
Murabbiylar: Lochin Qo'chqorov, Kamoliddin Mutalov, Dilmurod Hasanov.
Ilmiy hodim: Rustam Holmuhammedov.
Musobaqa 23 dekabr kuni nihoyasiga etadi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar