07 apr 10:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschi qizlarimiz Xitoyda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazishyapti
Boks bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoyning Xebey provinciyasida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazyapti.
Bu haqda O'zbekiston boks federaciyasi rasmiy sayti xabar bermoqda. Mazkur yig'in Osiyo chempionati hamda xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.
Terma jamoa tarkibidan Fotima Tursunboeva, Tursunoy Rahimova, Aziza Yoqubova, Rayhona Qodirova, Gulnoza Rahmatova, Yodgoroy Mirzaeva, Maftuna Melieva, Nafisa Asqarova, Ezoza Melieva, Gavhar Mirzaevalar joy olishgan.
Terma jamoa murabbiylari Dilmurod Hasanov va Lochin Qo'chqorov. Jamoa shifokori Lobar Murodxo'jaeva. Xitoy yig'ini 16 aprel kuni yakunlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar