14 fev 18:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilar taroziga chiqishdi, Moskvadan qaynoq suratlar
Xabar berganimizdek, ertaga professional boksda faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan SHohjahon Ergashev navbatdagi jangini o'tkazadi.
Uning raqibi gruziyalik bokschi Ruben Movsisyan bo'ladi. Hozirgina bokschilar Moskvadagi “Korston Arena”da tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi.
SHohjahon roppa-rosa 64, Movsisyan esa 64,3 kg tosh bosdi. Ertangi jang 10 raundga mo'ljallangan.
21 fevral kuni 26 yoshga to'ladigan Ruben ancha tajribali bokschi hisoblanadi. U 23ta jangda zafar quchgan. SHulardan 16ta jangini nokaut bilan yakunlagan. Mag'lubiyatlar soni 16ta, durang esa bittani tashkil etadi.
Ertangi jang SHohjahon uchun faoliyatidagi sakkizinchisi bo'ladi. Ergashev bundan avval o'tkazgan barcha janglarida raqiblarini muddatidan avval nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar