18 iyu 14:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz Almatidagi turnirda 4 ta medal qo'lga kiritishdi
Almati shahrida boks bo'yicha Qozog'iston sport va turizm akademiyasi prezidenti K.K.Zakiryanovning 75 yillik tavalludiga bag'ishlangan xalqaro turnir nihoyasiga etdi.
Bellashuvlarda Qozog'iston, Rossiya, Qirg'iziston, Mo'g'uliston, Xitoy hamda O'zbekistondan tashrif buyurgan 93 nafar charm qo'lqop ustasi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bordi.
Musobaqa yakunlariga ko'ra, o'zbekistonlik bokschilar (Xorazm viloyati terma jamoasi) 2 ta oltin hamda 2 ta kumush medalga sazovor bo'lishdi. Hamyurtlarimizdan Jamshid Xudoyberganov (+91 kg) va Rajabboy Atanazarov (-75 kg) oltin, Jahongir Yo'ldoshev (-69 kg) va Ilhom Hasanov (-60 kg) kumush medallarni qo'lga kiritishdi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar