12 mar 09:09
Yangiliklar

Bokschilarimiz Belarusda shohsupaga ko'tarilishdi
Ushbu xalqaro musobaqada ishtirok etgan yosh bokschilarimiz 1ta oltin va 3ta kumush medalini qo'lga kiritishdi. 60 kilogrammgacha vazn toifasida ringga ko'tarilgan Husanjon Karimov finalda belaruslik Dimitriy Balkovga qarshi o'tkazdi. Vakilimiz raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va oltin medalni qo'lga kiritdi.
Finalga qadar o'z vazn toifalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Samandar Zafarov, Mirzabek Mirzaxalilov, Komiljon Yusupov kabi bokschilarimiz turnirning kumush medali bilan taqdirlandi.
Nufuzli turnirda Belarus bokschilaridan tashqari, O'zbekiston, Rossiya, Qozog'iston, Litva, Ukraina, Qirg'iziston hamda Moldovadan kelgan 250 nafardan ortiq charm qo'lqop ustasi g'oliblik uchun o'zaro bahs olib bordi.
Fikrlar