19 fev 14:52
Yangiliklar

Bokschilarimiz Bishkekdagi xalqaro turnirga jo'nab ketishdi
Musobaqada O'zbekiston, Tojikiston, Rossiya, Qozog'iston va Qirg'iziston mamlakatlaridan 100 dan ziyod charm qo'lqop ustalari sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar.
Kecha, bahslarda qatnashadigan bokschilarimiz Qirg'izistonga yo'l olishdi.
O'zbekiston terma jamoasi turnirda quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
Ayollar:
-49 kg: Gulasal Sultonalieva
-57 kg: Hilola Sobirova
-64 kg: Maftunaxon Melieva
-69 kg: Durdona Usmonova
-75 kg: Ezozaxon Melieva
Erkaklar:
-52 kg: Abrorjon Qodirov
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-63 kg: Kamronbek Eshmatov
-69 kg: Jahongir Rahmonov
-75 kg: Otabek Turdixo'jaev
-81 kg: Akmalbek Qosimov
-91 kg: Profsor Rorimsha
+91 kg: Rustamjon Ismoilov
Murabbiylar: Davron Gofurov, Qo'ldoshboy Tojiboev, Lochin Qo'chqorov, Kamoliddin Mutalov.
Hamyurtimiz Qahramon Karimov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib boradi.
Fikrlar