07 fev 17:30
Yangiliklar

Bokschilarimiz Bishkekdan 8ta medal bilan qaytishdi
Bu haqda O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 31 yanvar-6 fevral kunlari oralig'ida bo'lib o'tgan xalqaro turnirda bokschilarimiz jami 8ta medalni qo'lga kiritishdi.
CHarm qo'lqop ustalarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Bu bilan terma jamoamiz umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallashdi.
Xalqaro musobaqada mezbon va bizning bokschilardan tashqari Qozog'iston, Xitoy, Rossiya va Ukraina davlatlaridan jam 113 nafar charm qo'lqop ustalari ringga ko'tarilishdi.
Oltin:
1. Mardonov Kozim, 75 kg
2. Yormuxammedov Sardor, 91 kg
Kumush:
1. Ismoilov Rustam, +91 kg
Bronza:
1. Mirzaxmedov Nodir, 49 kg
2. Komilov Ulug'bek, 60 kg
3. Noraliev Alyor, 64 kg
4. Aslonov Odil, 69 kg
5. Baratov Xasanxon, 81 kg
Fikrlar