13 fev 11:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Bokschilarimiz Bolgariyaga qanday tarkibda yo'l olishdi?
Xabar berib o'tganimizdek, Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo'yicha 70-ananaviy "Strandja" turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqada jahonning 42 mamlakatidan 350 nafarga yaqin charm qo'lqop ustasi ishtirok etadi. SHu jumladan, O'zbekiston terma jamoasi azolari ham bahslarda sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar. Bugun bahslarda qatnashadigan bokschilarimiz Bolgariyaga jo'nab ketishdi.
Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz turnirda quyidagi tarkibda qatnashadi:
-52 kg: Xudoynazar Fayzov
-56 kg: Abdulhay SHorahmatov
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-60 kg: SHunqor Abdurasulov
-64 kg: Aliyor Noraliev
-69 kg: Bobo-Usmon Boturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Xurshid Abdullaev
-91 kg: Sanjar Tursunov.
Murabbiylar:
Ilyos Rahimjonov
Bahodir Erkaev
SHuningdek, Alisher Polvonov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar