19 apr 14:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz boshlashdi, SHunqorda g'alaba!
Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha Osiyo chempionati start oldi.
O'zbekistonlik charm qo'lqop ustalarining qita chempionatidagi ishtirokini -64 kg vazn toifasidagi bokschimiz SHunqor Abdurasulov boshlab berdi. SHunqor birinchi bosqichda iroqlik Kadim al-Ezirejga qarshi ringga ko'tarildi.
Jangda sezilarli ustunlikka ega bo'lgan Abdurasulov raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Birozdan so'ng -69 kg vazndagi vakilimiz Bobousmon Baturov o'zining ilk jangini o'tkazadi. U mo'g'ulistonlik Bayarku Ganbaatarga qarshi ringga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Mana shu silka orqali kirsangiz primoy kurasiz