07 iyu 16:18
Yangiliklar

Bokschilarimiz Osiyo chempionatida 5 ta oltin medal qo'lga kiritdilar
Hal qiluvchi jangga 8 nafar bokschimiz etib kelgani haqida xabar qilgandik. Bugun bo'lib o'tgan barcha final janglari yakuniga etdi. Kun yakunlariga ko'ra, finalda ishtirok etgan bokschilarimizning 5 nafari g'alaba qozonib, oltin medal sohibiga aylanishdi. 3 nafar vakilimiz esa kumush medal bilan kifoyalandi.SHuningdek, kecha yarim finalda mag'lubiyatga uchragan bokschimiz Saidjamshid Jafarov bronza medali sohibiga aylangan.
-52 kg: Abdumalik Halakov - Ryutaro Nakagaki (Yaponiya) 1:4
-69 kg: Farruh Ilhomov - Perapat Yasungneon (Tailand) 4:1
-81 kg: Timur Ergashev - Rizo Hasan (Eron) 2:3
+91 kg: Lazizbek Mullojonov - Nardaulat Ulanuli (Qozog'iston) 5:0
-49 kg: Samandar Holmurodov - Sachin (Hindiston) 5:0
-64 kg: Bilolbek Mirzarahimov - Sanatali Toltaev (Qozog'iston) 1:4
-75 kg: Rajabboy Atanazarov - CHao Ju (Xitoy) 4:1
-91 kg: Profsor Rorimsha - Danila Semenov (Qozog'iston) 4:1
SHuningdek, -56 kg vaznda yaponiyalik Tsucumi Xayato, -60 kg vaznda esa qozog'istonlik Samatali Toltaevlar oltin medal sohibiga aylandilar.
Eslatma: Saytimizdan malumot olayotganda www.olamsport.com manzili manba sifatida ko'rsatilishi shart!
Fikrlar
60 кг Казогистон Таиландни 3-2 хисобда енгишдилар.
56 кг Япония, 60 кг Казогистон чемпион.