27 fev 13:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz Qirg'izistondagi turnirda sovrindor bo'lishdi
Qirg'izistonda Duyshenkul SHopokov xotirasiga bag'ishlangan 42-xalqaro turnir yakunlandi.
Musobaqada O'zbekiston, Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston, Belorus, Tailand, Mo'g'uliston va Qirg'izistondan 200 nafarga yoqin bokschilar ishtirok etishdi.
Turnir yakunlariga ko'ra, qizlar o'rtasidagi bahslarda SHahnoza Yunusova (-69 kg) oltin medalga sazovor bo'ldi. Mavluda Mavlonova esa (-75 kg) kumush medal sohibasiga aylandi. Abdumalik Xalakov (-57 kg), Akmalbek Qosimov (-81 kg) va Abdulla Xudorganovlar (+91 kg) yurtimizga bronza medali bilan qaytishdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar