12 dek 14:44
Yangiliklar

Bokschilarimiz Qozog'istondagi turnirdan 6ta medal bilan qaytishdi
Pavlodar shahri mezbonlik qilgan ushbu nufuzli turnirda Qozog'iston, O'zbekiston, Rossiya va Qirg'izistondan kelgan charm qo'lqop ustalari o'n vazn toifasida o'zaro raqobatlashdi.
Musobaqaning vazni 81 kilogramm bo'lgan bokschimiz Jamshid Xudoyberganov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan bo'lsa, 91 kilogrammda Iqboljon Murodovga hech kim teng kela olmadi. SHuningdek, vazni 91 kilogrammdan og'ir bo'lgan bokschilar o'rtasida hamyurtimiz Temur Ataboev terma jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni keltirdi.
Finalga qadar bo'lgan janglarda zafar quchgan Asadbek SHodiboev va Navo Tamazov o'z vazn toifalarida kumush medalga sazovor bo'ldi. 52 kilogramm vazn toifasida Temurbek Dehqonov bronza medalni qo'lga kiritdi.
SHu tariqa O'zbekiston terma jamoasi 3 oltin, 2 kumush va 1 bronza medal bilan umum jamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi.
O'zbekiston boks federaciyasi
Fikrlar